06 avgust 2024

Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Avstriya moliya vaziri oʻrinbosari bilan onlayn uchrashuv oʻtkazdi

Joriy yilning 5-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Avstriya moliya vaziri oʻrinbosari Andreas Rayxardt bilan onlayn uchrashuv oʻtkazdi, deb xabar beradi vazirlik matbuot xizmati.

Ikki tomonlama hamkorlikning sarmoyaviy, savdo-iqtisodiy va moliyaviy hamkorlik sohalariga taalluqli keng koʻlamli masalalari koʻrib chiqildi. Tomonlar mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarning bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.

Uchrashuv doirasida tomonlar innovatsion texnologiyalar, ilgʻor tajriba va iqtisodiy hamkorlik sohasida hamkorlik Memorandumini imzoladilar.

Uchrashuv yakunida tomonlar Avstriya ishbilarmon doiralarini O‘zbekistonda yaratilgan qulay ishbilarmonlik muhiti to‘g‘risida xabardor qilish, shuningdek, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, moliyaviy va investitsiya sohalaridagi hamkorlikning salohiyatini namoyon etishga qaratilgan ishlarni davom ettirish niyatida ekanliklarini tasdiqladilar.