14 avgust 2024

Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Yaponiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi bilan uchrashdi

2024-yilning 14-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Yaponiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Takashi Xatori bilan uchrashdi, deb xabar beradi vazirlik matbuot xizmati.

Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash muhimligi ta’kidlanib, Yaponiya tomoniga O‘zbekistonda investisiya loyihalarini amalga oshirishdagi faol ishtiroki uchun minnatdorlik izhor etildi.

O‘z navbatida, elchi Takashi Xatori iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishda sezilarli yutuqlarga erishilganini qayd etib, savdo va sarmoyaviy hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini bildirdi.

Tomonlar sog’liqni saqlash, ishlab chiqarish, shu jumladan kimyo sanoati va IT texnologiyalari sohalarida erishilgan yangi kelishuvlarni amalga oshirish istiqbollarini ham muhokama qildilar.

Uchrashuv yakunida oʻzaro manfaatli hamkorlik muvaffaqiyatli davom etishiga ishonch bildirildi va mushtarak maqsadlarga erishish yoʻlida muntazam aloqalarni faollashtirish muhimligi taʼkidlandi.