09 iyul 2025

O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Turkiyaning ‘‘Anadolu Isuzu’’ kompaniyasi bosh direktori bilan uchrashuv o‘tkazdi

Joriy yilning 8 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Turkiyaning ‘‘Anadolu Isuzu’’ kompaniyasi bosh direktori Tugrul Arikan bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda vazirlik matbuot xizmati.

Muzokaralar chog‘ida avtomobilsozlik sohasida sheriklikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar ushbu yo‘nalishda tarmoqni modernizatsiya qilish, ishlab chiqarish salohiyatini kengaytirish hamda O‘zbekistonning tashqi bozorlardagi pozitsiyalarini mustahkamlashga qaratilgan qo‘shma tashabbuslarda ishtirok etishga qiziqish bildirganliklarini tasdiqladilar.