Shu yilning 13-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Xalqaro maslahat kengashi a’zolari – Alfred Guzenbauer, Aleksandr Kvasnevskiy va Shtefan Fyule bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda vazirlik matbuot xizmati.
Uchrashuvning asosiy maqsadi xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, sanoat salohiyatini mustahkamlash va Oʻzbekiston va jahon hamkorlari oʻrtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishning strategik yoʻnalishlarini muhokama qilishdan iborat edi.
Ishtirokchilar milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan islohotlarga ilg‘or xalqaro tajribani integratsiyalashuviga alohida e’tibor qaratdilar.