31 mart 2023

O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Joriy yilning 31 mart kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Gruziya Tashqi ishlar vazirligi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqida SSP matbuot xizmati xabar beradi.

Ta’kidlash joizki, mamlakatimiz hududida Gruziya kapitali ishtirokidagi 21 nafar korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Gruziya hududida esa O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari ishtirokida 23 ta korxona faoliyat yuritadi.

Uchrashuvda ikki mamlakat Savdo-sanoat palatalari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, tomonlar joriy yilda ishbilarmon doiralarning Gruziya va O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish ustida ishlashga kelishib oldilar.