O‘zbekistonlik diplomatlar Shanxayda Xalqaro savdoni rivojlantirish kengashi raisi Chjou Minxao va mintaqaviy savdo va sanoat federatsiyasi raisi Chjou Jiqi bilan muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi muxbiri.
Muzokaralar chog‘ida Xitoy tomoniga mamlakatimizning iqtisodiy salohiyati, tadbirkorlik faoliyati uchun yaratilgan keng imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Xitoy vakillari bugungi kunda ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar ko‘lami kengayib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar. Shanxayda joylashgan yetakchi kompaniyalar faolligini yanada oshirish muhimligi ta’kidlandi.
Tomonlar elektronika, biotexnologiya, yashil energiya, oziq-ovqat va boshqa sohalarda faoliyat yuritayotgan kompaniyalarni investisiya loyihalariga jalb etish yuzasidan fikr almashdilar.
Yig‘ilishlarda 2024-yilda o‘tkaziladigan ko‘rgazma va forumlar jadvali muhokama qilindi. Kelgusi yilga rejalashtirilgan qoʻshma tadbirlar va tashriflar tafsilotlari ham muhokama qilindi.