O‘zbekistonning Yekaterinburgdagi Bosh konsulligi diplomatlari Tyumen viloyati investitsiya siyosati va tadbirkorlikni davlat qo‘llab-quvvatlash departamenti direktori Anatoliy Kartuxin bilan muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi muxbiri.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Rossiya hududlari o‘rtasidagi barcha sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati, birinchi navbatda, Tyumen viloyati sanoat tarmog‘ini rivojlantirishni hisobga olgan holda muhokama qilindi.
Tyumen, Farg‘ona, Namangan va Samarqand viloyatlari o‘rtasida savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish maqsadga muvofiqligi ta’kidlandi.
Muzokaralar chog‘ida mamlakatimiz salohiyatiga bag‘ishlangan ko‘rgazmalar, tadbirlar, shuningdek, tomonlar ishbilarmon doiralari vakillarining o‘zaro tashriflarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.