25 iyul 2025

Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Iordaniya elchisi bilan uchrashdi

24-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Baxromjon Aʼloyev Iordaniya Hoshimiylar Podshohligining mamlakatimizdagi elchisi Demiya Haddod bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda TIV matbuot xizmati.

Suhbat chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi O‘zbekiston-Iordaniya munosabatlarining bugungi holati va ularni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Joriy yilda ustuvor yo‘nalishlarda ikki tomonlama tadbirlar o‘tkazish rejalari ko‘rib chiqildi. Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.