18 iyul 2025

Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Saudiya Arabistoni Podshohligining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi bilan uchrashdi

17-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Baxromjon Aʼloyev Saudiya Arabistoni Podshohligining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Yusuf al-Utaybi bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda vazirlik matbuot xizmati.

Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari, jumladan, siyosiy, savdo-iqtisodiy aloqalar hamda madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish, ikki va ko‘p tomonlama aloqalarni yanada mustahkamlash, shuningdek, 2025-yilga mo‘ljallangan qo‘shma tadbirlar rejalari muhokama qilindi.