04 iyul 2025

O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Ozarbayjonning ‘‘NEQSOL Holding’’ kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida kelishuv imzolandi

Boku shahrida O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Ozarbayjonning ‘‘NEQSOL Holding’’ kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida kelishuv imzolandi, deb xabar qilmoqda vazirlik matbuot xizmati.

Ushbu hujjat bir qator asosiy yo‘nalishlarda qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazarda tutadi. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi: qurilish materiallari ishlab chiqarish, geologiya va konchilik, telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, energetika va “yashil” energiya, kimyo sanoati, raqamli texnologiyalar va innovatsion startaplar.

Tomonlar loyihalarni birgalikda ishlab chiqish, axborot almashinuvi hamda O‘zbekiston tomonidan sarmoyalar uchun qulay sharoitlar yaratishga ko‘maklashish masalalarida kelishuvga erishdi.

‘‘NEQSOL Holding’’ — 10 dan ortiq mamlakatda aktivlarga ega bo‘lgan xalqaro xolding kompaniyasi bo‘lib, sanoat, raqamlashtirish va shahar infratuzilmasi sohalariga ixtisoslashgan.