04 sentabr 2024

O‘zbekiston elchisi Ajman amirligi Savdo-sanoat palatasi rahbari bilan iqtisodiyotning turli sohalarida hamkorlik istiqbollarini muhokama qild

O‘zbekiston elchisi Abdulaziz Akqulov Ajman Amirligi (Birlashgan Arab Amirliklari) Savdo-sanoat palatasi raisi Abdulla Muhammad Al Muvajay bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi muxbiri.

Uchrashuvda tomonlar mavjud imkoniyatlar yuzasidan fikr almashib, iqtisodiyotning istiqbolli tarmoqlarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yo‘llarini muhokama qildilar. O‘zbekistonning salohiyati, iqtisodiyot tarmoqlarining o‘sish sur’atlari va biznes uchun yaratilgan shart-sharoitlarga bag‘ishlangan taqdimot namoyish etildi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha hamkorlikda amalga oshirish rejalashtirilgan istiqbolli investitsiya loyihalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi.