O‘zbekiston elchisi Oybek Shaxavdinov “Bonafarm” kompaniyasi ijrochi direktori Attila Csanyi bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi muxbiri.
Muzokaralar chog‘ida tomonlar O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan joriy loyihalarni muhokama qildilar va hamkorlikni yanada rivojlantirish yo‘llarini belgilab oldilar.
O‘zbekiston va “Bonafarm” kompaniyasi hamkorligidagi muhim loyihalardan biri bo‘lgan Toshkent yaqinida parrandachilik klasteri loyihasiga alohida e’tibor qaratildi. Mazkur loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi mamlakatimiz oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlashdagi ahamiyati ta’kidlandi.
Vengriya tomoni ham hamkorlikning yangi imkoniyatlarini o‘rganishga qiziqish bildirdi. Xususan, O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash yo‘lidagi navbatdagi qadamlar bo‘lishi mumkin bo‘lgan sut mahsulotlari ishlab chiqarish sohasidagi loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.
Uzoq muddatli sheriklik munosabatlarini rivojlantirish maqsadida tomonlar o‘zaro manfaatli natijalarga erishish uchun konstruktiv muloqot va hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.