Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Sankt-Peterburg shahrida Hindiston parlamenti quyi palatasi Spikeri Om Birla bilan muzokara o‘tkazdi, deb xabar beradi Senat matbuot xizmati.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar, turizm va parlamentlararo hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Muloqot davomida parlamentlararo munosabatlarni rivojlantirishning amaliy jihatlariga eʼtibor qaratildi.
Yuqori darajada erishilgan kelishuvlar ijrosi ustidan tizimli parlament nazoratini yo‘lga qo‘yish, o‘zaro tashriflar tashkil etish orqali qonun ijodkorligi, elektron parlament yo‘nalishida tajriba almashish lozimligi taʼkidlandi.
Mazkur jihatlarni qamrab olgan o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashga oid hujjat loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlashga kelishib olindi.