28 avgust 2023

Prezident 8 nafar xorijiy investorni “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirladi

Shavkat Mirziyoyev sakkiz nafar xorijlik tadbirkor va top-menejerlarni “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirladi. Bu haqida, prezident matbuot xizmatiga tayanib, Spot xabar beradi.

O‘zbekiston mustaqilligining 32-yilligiga quyidagilar orden bilan taqdirlanadilar:

Stepan Gurjiya – AO «Lukoyl» kompaniyasining Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika bo’yicha vitse-prezidenti (Rossiya);
Muhammad Abounayan – ACWA Power kompaniyasi boshqaruvi raisi (Saudiya Arabistoni);
Muhammad Jamil Al-Ramahya — Masdar (BAA) boshqaruvi raisi;
Jemil Kazanji – Aksa Enerji (Turkiya) boshqaruvi raisi;
Mehmet Chengiz – Cengiz Enerji asoschisi (Turkiya);
Sandor Czanyi – OTP Bank boshqaruvi raisi (Vengriya);
Seyfulla Ghasemi – Air Products boshqaruvi raisi (AQSh);
Parij Mouratoglu Total Eren (Fransiya) boshqaruvi raisi.

Mukofotlar “Ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli munosabatlarni har tomonlama rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun”, “Investitsiyalarni jalb etishdagi alohida yutuqlari uchun”, “Samarali innovatsion loyihalar va qo‘shma dasturlarni amalga oshirgani uchun”, “Savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, ilmiy va texnik sohalarda hamkorlikni kengaytirgani uchun” berilgan.