18 fevral 2025

O‘zbekiston Prezidenti ‘‘Fouad Alghanim & Sons’’ kompaniyalar guruhi raisini qabul qildi

Tashrifning ishbilarmonlik dasturi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ‘‘Fouad Alghanim & Sons’’ kompaniyasi rahbari Fadi Xaddadni qabul qildi, deb xabar bermoqda davlatimiz rahbari matbuot xizmati.

1965-yilda tashkil etilgan xolding avtomobilsozlik, qurilish, energetika, neft-gaz, savdo, kema qurilishi, aviatsiya, telekommunikatsiya, turizm va ko‘chmas mulk sohalarida faoliyat yuritmoqda.

‘‘Fouad Alghanim & Sons’’ kompaniyasining davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida sog‘liqni saqlash va ta’lim obyektlarini qurish rejalari qo‘llab-quvvatlandi.