O‘zbekistonda har yili manzilli ko‘kalamzorlashtirish investitsiya dasturi amalga oshiriladi. Davlat tashkilotlari va hokimliklar yil oxirigacha barcha shahar va tumanlarda o‘z bog‘larini yaratadi. Har bir yirik sanoat korxonasi esa “yashil belbog‘”lar tashkil etishi kerak bo‘ladi. Bu haqida «Gazeta.uz» xabar beradi muxbiri.
O‘zbekistonda hududlarning obodonlik darajasini oshirish, shuningdek, daraxt, butalarni ekish va yashil hududlarni tashkil qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni tashkil etishning “tubdan yaxshilash tizimi” joriy etiladi. Bu prezident Shavkat Mirziyoyevning 31-maydagi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini transformatsiya qilish va vakolatli davlat organi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilandi. Ushbu farmon bilan Tabiat resurslari vazirligi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligiga aylantirildi.
Hujjatga ko‘ra, 2024-yildan quyidagilar uchun har yili 500 milliard so‘m ajratiladi:
Shuningdek, har yili shakllanadigan va tasdiqlanadigan O‘zbekistonning manzilli ko‘kalamzorlashtirish investitsiya dasturi amalga oshiriladi. U quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Daraxt ko‘chatlarini ekish, sug‘orish, parvarish qilish “yashil bog‘” va “yashil jamoat parki”, “yashil qalqon” hamda “yashil qoplama” himoya o‘rmonzorlarini tashkil etish davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
Buyurtmachilar, loyihachilar va pudratchilar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlanadi. Ekologik ekspertiza Ekologiya vazirligiga yuklatiladi.
Farmonda, shuningdek, 2023-yil yakuniga qadar har bir davlat tashkiloti va hokimlikning tegishlicha budjetdan tashqari va mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan o‘z bog‘lari tashkil etiladi hamda uch yil davomida parvarishlanadi. Shu bilan birga, tashkilotlarning bog‘lari tuman va shaharlarning markaziy hududlarida 50 sotixdan 2 gektargacha bo‘lgan maydonni egallashi belgilandi. Bu bog‘lar uchun yer maydonlarini aniqlash va mablag‘ ajratish Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.
1-sentabrdan boshlab har bir yirik sanoat korxonasi (atrof-muhitga ta’siri I va II toifaga kiruvchi) tomonidan o‘z va unga tutash hududlarida vazirlik bilan kelishilgan loyiha asosida uch yil davomida “yashil belbog‘”larni yaratadi.