Joriy yilning 29-aprel kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Akram Aliyev Afg‘oniston sanoat, konlar va savdo vaziri o‘rinbosari Mavlaviy Ahmadulloh Zohid bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda ISSV matbuot xizmati.
Ikki mamlakat o‘rtasida sanoat, savdo va sarmoyaviy sohalardagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Yil boshidan buyon Afg‘oniston bilan o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi o‘tgan yilga nisbatan 68 foizga oshib, 402 million dollarga yetdi.
Qishloq xoʻjaligi, geologiya, energetika, transport va logistika sohalarida hamkorlikni chuqurlashtirish boʻyicha kelishuvlarga erishildi.
Mavlaviy Ahmadulloh Zohid “INNOPROM. Markaziy Osiyo – 2025” xalqaro sanoat ko‘rgazmasida ham ishtirok etdi. Bu Afg‘oniston delegatsiyasining bunday keng ko‘lamli forumdagi ilk ishtiroki bo‘ldi.