04 may 2024

Qonunchilikning shaffofligi – maxsus iqtisodiy zonalarni rivojlantirishda muhim omil

Toshkentda TXIF-2024 doirasida «Maxsus iqtisodiy zonalarga yangicha nazar» panel sessiyasi bo‘lib o‘tdi, unda ekspertlar O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanishida MIZning roli va ularning xususiy investitsiyalarni jalb qilishdagi salohiyatini muhokama qildilar, deb xabar beradi ISSV matbuot xizmati.

Tadbirni IFC bosh operatsion direktori Tarik Saxovich boshqardi. Ishtirokchilar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar, eksportni rivojlantirish va innovatsiyalarning katalizatoriga aylanadigan MIZlarni yaratish va boshqarishga doir xalqaro amaliyotni muhokama qildilar.

Raj Jit Singx Vallia aniq qonunchilik bazasi va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning ahamiyati to‘g‘risidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi: «Shaffoflik, qonunchilikdagi aniqlik va investitsiyalar to‘g‘risidagi qoidalar MIZ muvaffaqiyati kalitidir. Hukumat infratuzilmaga sarmoya kiritishi va litsenziyalash hamda viza tartib-qoidalarini soddalashtirishi juda muhimdir».

Eykin Gamp advokati Yekaterina Makarova investorlarni huquqiy himoya qilishga e’tibor qaratdi: «Investorlar o‘z mulklari himoya qilinishiga ishonishi va adolatli kompensatsiyadan umidvor bo‘lishi muhim. Mamlakatimizda huquqiy himoya va ishonchli sud tizimi investorlar ishonchini qozonishda juda muhim ahamiyatga ega.»

Ma’ruzachilar sifatida ishtirok etganlar:

  • Orxan Aydin, Ostim boshqaruvi raisi
  • Raj Jit Singx Vallia, DP World’ning Markaziy Osiyo bo‘yicha bosh direktori
  • Indranil Dasgupta, Kanoriya fondi strategik maslahatchisi
  • Yekaterina Makarova, Eykin Gamp advokati

Panel sessiyada yetakchi mutaxassislar maxsus iqtisodiy zonalarni xususiy investorlar va operatorlarni jalb qilish orqali rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilishdi

Majlisda «Maxsus erkin zonalar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston yangi Qonunining MIZga xususiy investitsiyalarni jalb qilishning me’yoriy-huquqiy bazasini takomillashtirishga qaratilgan shartlari ko‘rib chiqildi.

Mutaxassislar yangi qonunni amalga oshirishdagi ehtimoliy xavflar va manfaatli jihatlar, shuningdek, yangi MIZ investorlari uchun zarur bo‘lgan xizmatlarga oid fikrlari bilan o‘rtoqlashdilar.

Sessiya O‘zbekistonda MIZni rivojlantirishda xususiy sektorning ishtiroki uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha konstruktiv muloqot uchun zamin yaratdi.