15 mart 2023

Koreyaning Posco Group korporatsiyasi bilan hamkorlik kengaymoqda

Joriy yilning 14-mart kuni investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida Posco Group korporatsiyasi raisining o‘rinbosari Tak Zhong bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqida ISSV matbuot xizmati xabar beradi.

Muzokaralar chog‘ida Farg‘ona viloyatidagi to‘qimachilik klasteri faoliyatini kengaytirish, xususan, yangi paxta tozalash zavodini qurish, shuningdek, tayyor to‘qimachilik mahsulotlari bo‘yicha ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Bundan tashqari, Koreya tomoni Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida yangi klasterlar yaratish orqali O‘zbekistondagi investitsiya portfelining hajmini oshirishdan manfaatdor ekanligini bildirdi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar hamkorlikni rivojlantirish va qo‘shma loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish maqsadida ikki tomonlama muntazam uchrashuvlar amaliyotini davom ettirishga kelishib oldilar.