19 avgust 2024

Malayziyaning eng yirik port kompaniyasi bilan O‘zbekistonda zamonaviy logistika markazini yaratish istiqbollari muhokama qilindi

O‘zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev Malayziyaning ‘‘Wesports Holding Berhad’’ kompaniyasi bosh ofisida bo‘lib, direktorlar kengashi raisi va bosh direktori Ruben Emir Gnanalingam bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi muxbiri.

1993-yilda biznesmen Reuben Emir Gnanalingam tomonidan Port Klangda asos solingan ‘‘Wesports Holding Berhad’’ Malayziyadagi eng yirik portni boshqarib, butun mamlakat bo‘ylab dengiz yuklari va konteynerlarini tushirish, yuklash, vaqtincha saqlash va yetkazib berish xizmatlarini ko‘rsatadi.

Yig‘ilishda “Wesport Holding Berhad” kompaniyasi faoliyatining taqdimoti o‘tkazildi.

Malayziya tomoniga O‘zbekiston viloyatlaridan birida zamonaviy logistika markazi qurish loyihasini o‘rganish taklif etildi.

Mazkur loyiha kompaniyani Markaziy Osiyo, jumladan, O‘zbekiston va Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari o‘rtasida yuk tashishni boshqarishda muhim rol o‘ynaydigan tashkilotlardan biriga aylanishi mumkinligi qayd etildi.