24 iyul 2025

O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri va Gruziya iqtisodiyot va barqaror rivojlanish vaziri bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

2025-yil 23-iyul kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov va Gruziya iqtisodiyot va barqaror rivojlanish vaziri Mariam Kvrivishvilining bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda ISSV matbuot xizmati.

Muzokaralar davomida O‘zbekiston-Gruziya hamkorligining asosiy yo‘nalishlari muhokama qilindi. Tomonlar savdo, transport o‘zaro bog‘liqligi, logistika, investitsiya sherikligi, shuningdek mintaqalararo hamkorlik sohalarida keyingi qadamlarni kelishib oldilar.

Qayd etilishicha, so‘nggi besh yil ichida O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 3,5 barobarga oshgan. Faqatgina 2024-yilda savdo hajmi deyarli 50 foizga o‘sdi. Avvalo, sanoat kooperatsiyasi, to‘qimachilik, meva-sabzavot, farmatsevtika va boshqa sohalarda rivojlantirishga o‘zaro e’tibor qaratilganligi ta’kidlandi.

Erishilgan kelishuvlarni samarali amalga oshirish uchun ikki vazirlik o‘rtasida soha ekspertlari ishtirokida Qo‘shma ishchi guruh tashkil etildi.