Joriy yilning 16-oktabr kuni Toshkent shahrida Kimberley jarayoni ekspert missiyasi bilan olmos savdosi va “olmos to‘qnashuvlari” savdosining oldini olish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda ISSV matbuot xizmati.
Tadbir davomida O‘zbekistonning Kimberley jarayonidagi ishtiroki tabiiy resurslar savdosini mas’uliyatli va shaffof tartibga solish yo‘lidagi muhim qadam sifatida tasdiqlandi.
Tomonlar O‘zbekiston iqtisodiyotida shaffoflikni oshirish va mahalliy zargarlik buyumlarini ishlab chiqarishni rivojlantirish chora-tadbirlarini muhokama qildilar. Prezidentimizning 2024-yil 23-iyuldagi “Zargarlik sanoatini yanada rivojlantirish va uning raqobatbardoshligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-104-son farmoni mamlakatimizning Kimberley jarayoniga qo‘shilishini jadallashtirishga qaratilgan.
Kimberley jarayoni tizimiga muvaffaqiyatli uyg‘unlashish uchun zargarlik sanoatini yanada rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishi boʻlgan olmoslar homashyosini import qilish uchun shart-sharoitlar yaratish zarurligi qayd etildi.
Tadbir yakunida kelgusida Oʻzbekistonda olmos savdosini monitoring va nazorat qilishning qoʻshimcha mexanizmlarini joriy etish maqsadida faol hamkorlik qilishga oʻzaro tayyorlik bildirildi.