30 avgust 2024

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi hamda ‘‘Polsha – Osiyo’’ savdo palatasi prezidenti o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Joriy yil 30-avgust kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari Dilshod Rasulov hamda ‘‘Polsha – Osiyo’’ savdo palatasi prezidenti Yanush Pexochinskiy o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi SSP matbuot xizmati.

Uchrashuvda tomonlar O‘zbekiston hamda Polsha Respublikalari o‘rtasidagi tovarayirboshlash hajmini oshirish, savdo-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish shu bilan birga, ikki davlat o‘rtasida eksport va importda duch keladigan muammolar bo‘yicha muhokamalar olib borishdi.

Shuningdek, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi hamda ‘‘Polsha – Osiyo’’ savdo palatasi o‘rtasida savdo-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni ishlab chiqish, O‘zbekiston hamda Polsha korxonalari o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish va ikki davlat ishlab chiqaruvchilari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rib chiqildi.

Muzokaralar yakunlari bo‘yicha, joriy yilning yakuniga qadar ‘‘Polsha – Osiyo’’ savdo palatasi boshchiligidagi ishbilarmonlardan iborat delegatsiyaning O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish va tashrif doirasida O‘zbekiston-Polsha biznes-forumini hamda Xalqaro ko‘rgazmani tashkil etishga kelishib olindi.