01 may 2023

SSP Raisi va O‘zbekistonning Avstriyadagi faxriy konsuli o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi

Joriy yilning 29-aprel kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Raisi Davron Vaxabov O‘zbekistonning Avstriyadagi faxriy konsuli Boris Kandov bilan uchrashdi, deb xabar beradi SSP matbuot xizmati.

So‘z boshida Davron Vaxabov faxriy konsulni O‘zbekistonga tashrifidan bag‘oyatda mamnunligini bildirdi. O‘z navbatida, Boris Kandov president Sh.M.Mirziyoyev olib borayotgan siyosat tufayli O‘zbekiston qisqa fursatda ko‘p natijalarga erishayotganini aytib o‘tdi.

Boris Kandov O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan eksportbop mahsulotlarni Avstriya orqali Yevropa davlatlariga eksportini amalga oshirishda yordam ko‘rsata olishidan mamnun ekanligi to’g’risida ta’kidladi. Shu bilan birga, Avstriyaning ilg‘or kompaniyalarini O‘zbekistondagi investitsion klimat bilan tanishtirishga va o‘z faoliyatlarini O‘zbekistonda poy devorini qo‘yishda ularga amaliy yordam berishga tayyorligini ma’lum qildi. 

Qolaversa, suhbat davomida ikki mamlakat fuqarolari manfaatlari yo‘lida O‘zbekiston-Avstriya o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, iqtisodiyot sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash masalalariga eʼtibor qaratildi.