21 iyun 2024

Italiyaning ESG GROUP kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 13-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Italiyaning ESG GROUP kompaniyasi hammuassisi Simone Boschetti va kompaniya boshqaruvi raisining maslahatchisi Gaetano Crisci boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi, deb xabar beradi vazirlik matbuot xizmati.

Suhbatda Italiyaning yetakchi kompaniyalarini jalb etgan holda O‘zbekiston hududlari infratuzilmasini rivojlantirishning amaliy jihatlari muhokama qilindi.

Shuningdek, Oʻzbekistonda Italiyaning yetakchi universitetlari va Italiyada Oʻzbekiston universitetlarining filiallarini ochishni nazarda tutgan holda oliy taʼlim sohasida aloqalarni oʻrnatish istiqbollari ham koʻrib chiqildi.

Muzokaralar yakuniga koʻra tomonlar kelgusida hamkorlik qilish shakllarini kelishib oldilar va muhokama qilingan loyiha va tashabbuslarni hayotga tatbiq qilish bosqichlarini belgilab oldilar.