03 mart 2025

Saudiya Arabistonining elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Baxromjon A’loyev Saudiya Arabistonining O‘zbekistondagi elchisi Yusuf al-Utaybiy bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda TIV matbuot xizmati.

Tomonlar ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini, jumladan, savdo-iqtisodiy aloqalarni chuqurlashtirish, madaniy-gumanitar almashinuvlarni faollashtirish, avval erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishni muhokama qildilar.

2025-yilda turli yo‘nalishlarda qo‘shma tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan ham fikr almashildi.