18 oktabr 2024

“Bonafarm” va “PortfoLion” kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Investitsiya, sanoat va savdo vaziri oʻrinbosari Akram Aliyev Vengriyaning “OTP Group” korporatsiyasi tarkibiga kiruvchi “Bonafarm” va “PortfoLion” kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi, deb xabar beradi vazirlik matbuot xizmati.

‘‘Bonafarm’’ 2009-yilda tashkil etilgan va Vengriyadagi oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi va parrandachilik sohasida faoliyat yurituvchi yetakchi agrosanoat kompaniyalaridan biri hisoblanadi. Yillik aylanmasi 1,9 mlrd dollar, xodimlar soni esa 8400 kishini tashkil qiladi.

‘‘PortfoLion’’ – bu ‘‘OTP’’ guruhining bir qismi bo’lgan investitsiya kompaniyasi. 5 ta davlatda ishlaydi. 10 ta kompaniyaning 160 mln dollardan ortiq bo’lgan aktivlarini boshqaradi.

Uchrashuvda loyiha doirasida parrandachilik klasterini tashkil etish, shuningdek, korxonada ishlash uchun mutaxassislarni tayyorlash boʻyicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Uchrashuv yakunlari boʻyicha Vengriya tomonining tajribasi va texnologiyalarini jalb qilgan holda kelgusidagi oʻzaro hamkorlik formati va loyihani jadal amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.