23 iyul 2024

Tailand Tashqi ishlar vazirligi doimiy kotibi o‘rinbosari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2024-yil 22-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ilhom Haydarov Tailand Tashqi ishlar vazirligi doimiy kotibi o‘rinbosari Busadi Santipitaks bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar beradi TIV matbuot xizmati.

Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston-Tailand hamkorligining bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Tomonlar tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi muntazam siyosiy muloqotni, jumladan, xalqaro tuzilmalar doirasidagi hamkorlikni mustahkamlash imkoniyatlarini muhokama qildilar.

Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni faollashtirishga alohida e’tibor qaratildi. Iqtisodiy diplomatiyani faollashtirish, savdo-sanoat palatalari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi sheriklik aloqalarini kengaytirishdan o‘zaro manfaatdorlik bildirildi.

Tomonlar, shuningdek, madaniy-gumanitar aloqalarni chuqurlashtirish va turizm xizmatlarini takomillashtirish bo‘yicha tajriba almashishga qaratilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar.