29 iyul 2025

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri va “Airbus” kompaniyasining Yevropa bo‘yicha prezidenti o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi

2025-yil 28-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov va “Airbus” kompaniyasining Yevropa bo‘yicha prezidenti Yoxan Pelissi o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda vazirlik matbuot xizmati.

Tomonlar O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi fuqaro aviatsiyasi sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar. Xususan, O‘zbekiston havo kemalari parkini modernizatsiya qilish va kengaytirish orqali turistik oqimni oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, Toshkent davlat transport universiteti hamda “Airbus” kompaniyasi o‘rtasida uchuvchilarni tayyorlashga oid maxsus dastur ishlab chiqilishi bo‘yicha kelishuvga erishildi.