Joriy yilning 18-iyun kuni Osiyo taraqqiyot banki (OTB) vitse-prezidenti Bhargav Dasgupta boshchiligidagi delegatsiya vakillari hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda vazirlik axborot xizmati.
Uchrashuvda OTBning xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha mintaqaviy rahbari Enriko Pinali, OTBning Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari Kanokpan Lao-Araya hamda Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Umid Abidxadjayev, Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasining ijrochi direktori Murod Farmonov va boshqa mas’ul vakillar ishtirok etdi.
Muloqot davomida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar natijalari hamda istiqboldagi rejalar, mamlakatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy tendensiyalar yuzasidan muhokamalar olib bordi.
Xususan, quyidagi yo‘nalishlarga alohida to‘xtalib o‘tildi:
Muzokaralar yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash hamda yuqoridagi yo‘nalishlar yuzasidan fikrlar almashinuvi jarayonlarini kengaytirishga kelishib oldi.