Joriy yilning 4-iyul kuni Yaponiyaning “Sojitz Corporation” kompaniyasining Prezidenti va Bosh ijrochi direktori Kosuke Uemura boshchiligidagi delegatsiya vakillari hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda vazirlik axborot xizmati.
Uchrashuvda “Sojitz Corporation” kompaniyasining Energetika va sog‘liqni saqlash departamenti bosh direktorining o‘rinbosari Yasihude Machida, Aviatsiya, transport va ijtimoiy infratuzilma departamenti bosh direktorining o‘rinbosari Kanehisa Nango hamda Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosarlari Ilhomjon Umrzakov, Otabek Fazilkarimov, Umid Abidxadjayev va boshqa mas’ul vakillar ishtirok etdi.
Ma’lumot uchun: ‘‘Sojitz Corporation’’ – Yaponiyaning yirik savdo va investitsiya kompaniyasi (sogoshosha) bo‘lib, 2004-yilda ‘‘Nissho Iwai Corporation’’ va ‘‘Nichimen Corporation’’ kompaniyalari birlashishi natijasida tashkil etilgan. ‘‘Sojitz’’ dunyo bo‘ylab 50 dan ortiq davlatda faoliyat yuritadi, ko‘plab mamlakatlarda elektr stansiyalari, kon loyihalari, avtomobil ta’minoti, qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish kabi sohalarga investitsiya kiritgan.
Muloqot davomida tomonlar o‘zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, hamkorlikning yo‘nalishlarini yanada kengaytirish, mamlakatimizdagi iqtisodiy jarayonlar hamda davlat-xususiy sheriklik (DXSH) asosida amalga oshirilayotgan loyihalar yuzasidan muhokamalar olib bordi.
Muhokamalar davomida quyidagi yo‘nalishlarga alohida to‘xtalib o‘tildi:
Muzokaralar yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, yuqorida qayd etilgan sohalarda samarali loyihalarni ishlab chiqish hamda fikrlar almashinuvi jarayonlarini kengaytirishga kelishib oldi.