02 iyul 2025

O‘zbekiston va Ozarbayjon tashqi ishlar vazirliklari siyosiy maslahatlashuvlarining navbatdagi raundi bo‘lib o‘tdi

2025-yilning 30-iyun kuni Boku shahrida O‘zbekiston va Ozarbayjon tashqi ishlar vazirliklari siyosiy maslahatlashuvlarining navbatdagi raundi o‘tkazildi. Tomonlar delegatsiyalariga O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmanov va Ozarbayjon Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Samir Sharifov rahbarlik qildilar, deb xabar bermoqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati.

Muzokaralar davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama kun tartibining dolzarb jihatlari muhokama qilindi.

Tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy muloqotni oliy va yuqori darajalarda yanada mustahkamlash muhimligini ta’kidladilar.

Ikki mamalakat o‘rtasidagi tashriflar almashinuvi masalalarini birgalikda ishlab chiqish, shuningdek, o‘zaro munosabatlarning shartnomaviy-huquqiy bazasini kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Shuningdek, tashrif doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jeyhun Bayramov tomonidan qabul qilindi.