Pokiston delegatsiyasining yurtimizga tashrifi doirasidagi tadbirlar dasturiga koʻra, Oʻzbekiston va Pokistonning 100 dan ortiq yirik kompaniyalari vakillari ishtirokida qoʻshma biznes-forum boʻlib oʻtdi, deb xabar qilmoqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.
So‘zga chiqqanlar iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida bir qator istiqbolli loyihalar va imtiyoz va preferensiyalar, shuningdek, investorlar huquqlarini har tomonlama himoya qilish masalalarini qamrab olgan mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun yaratilgan qulay sharoitlarni taqdim etdilar.
Forum va uning doirasida oʻtkazilgan B2B formatidagi muzokaralarda ikki davlat tadbirkorlari hamkorlikning kelgusi bosqichlarini batafsil koʻrib chiqish, sheriklik aloqalarini mustahkamlash va oʻzaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish uchun mustahkam poydevor yaratish imkoniga ega boʻldilar.