21 fevral 2025

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri maslahatchisi Hindistonning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashdi

2025-yil 19-fevral kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri maslahatchisi Munira Aminova Hindistonning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Smita Pant bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda TIV matbuot xizmati.

Suhbat chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari, jumladan, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Ta’lim, sog‘liqni saqlash, infratuzilma va texnologiyalar kabi sohalarda O‘zbekistonning barqaror rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan joriy loyihalar, shuningdek, yangi dasturlarga alohida e’tibor qaratildi.