26 iyun 2025

Savdo-sanoat palatasi tomonidan O‘zbekiston Milliy iqtisodiy hamkorlik uyushmasi bilan hamkorlikda xitoylik tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi

Joriy yilning 25 iyun kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan O‘zbekiston Milliy iqtisodiy hamkorlik uyushmasi bilan hamkorlikda xitoylik tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi, deb xabar bermoqda SSP matbuot xizmati.

Unda 40 ga yaqin yirik Xitoy korxonalar va uyushmalar rahbarlari hamda O‘zbekiston yetakchi tadbirkorlari ishtirok etdi.

Tadbir avvalida Xitoylik tadbirkorlar delegatsiya rahbari, Chunsin Szinyoy provinsiyasining Madaniy turizm guruhi raisi Luo Yu bugungi uchrashuv va samimiy mehmondorchilik uchun minnatdorlik bildirdi.

Shuningdek ikki mamlakat tadbirkorlari o‘rtasidagi hamkorlikni izchil davom ettirish, investorlarni jalb qilish maqsadida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va O‘zbekiston Milliy iqtisodiy hamkorlik uyushmasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Tadbir doirasida tadbirkorlar o‘rtasida B2B uchrashuvlari bo‘lib unda kelgusidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.