“S.Verenin’s Legal Group” advokatlik firmasi boshqaruvchi hamkori, “Invest in Uzbekistan” loyihasi koordinatori Sergey Ivanovich Verenin Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi Jamshid Tursunov bilan uchrashdi.
Uchrashuvda advokatlik firma Rossiyaning ‘‘PUSK’’ kompaniyasi vakili sifatida ishtirok etdi. Muzokaralar doirasida kompaniya Navoiy viloyati Uchquduq tumanini Qozog‘iston Respublikasining Qizilo‘rda viloyatlari bilan bog‘lovchi uzunligi 221 km bo‘lgan pullik yo‘l qurilishiga qiziqish bildirgan. O‘z navbatida, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi ushbu loyiha haqida ma’lumot berdi.
Muzokaralar davom etmoqda.