Joriy yilning 16-18-oktabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Abu Dabi va Dubay shaharlarida Birlashgan Millatlar Tashkilotining savdo va taraqqiyot Konferensiyasi (UNCTAD) kotibi Rebekka Grispan, vazirlik va idoralar rahbarlari, shuningdek, ushbu mamlakatning SWS, Orascom Holdings, Homepital, Burjeel Holding, YAS Holding, Metito, IHC, Fertiglobe, Tadweer, Masdar, TAQA, AMEA Power va boshqa yirik kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Bu haqida ISSV matbuot xizmati xabar beradi.
Turizm, infratuzilmani rivojlantirish, sog‘liqni saqlash, energetika, kimyo sanoati, maishiy chiqindilarni ishlab chiqarish, xususiylashtirish va ustav kapitalida davlat ulushi bo‘lgan korxonalarni yanada rivojlantirish yo‘nalishlarida investisiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
BAA hukumati va ishbilarmon doiralari mamlakatimizda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga qiziqishi yuqori. Yaqin kelajakda BAA delegatsiyalarining loyiha hujjatlarini batafsil tayyorlash va ishlarni boshlash uchun tashriflari tashkil etiladi.