O‘zbekiston elchisi Abdusalom Xatamov Ummon transport, kommunikatsiyalar va axborot texnologiyalari vazirining birinchi o‘rinbosari Xamis al-Shamaxi bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi muxbiri.
Uchrashuvda ikki davlat oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻyish, logistika kompaniyalari va Ummon portlari bilan aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Ummon tomoni joriy yilning iyul oyida O‘zbekistonga qilgan tashrifi yakunlarini mamnuniyat bilan qayd etib, barcha sohalarda aloqalarni rivojlantirishdan manfaatdor ekanligini bildirdi.
Ummon vakili Markaziy Osiyo davlatlari va Fors ko‘rfazidagi arab davlatlari o‘rtasida o‘zaro savdo-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish bo‘yicha barcha tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashini tasdiqladi.