19 iyun 2025

Boku shahrida Turkiy davlatlar o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik forumi bo‘lib o‘tdi

10–12-iyun kunlari Boku shahrida bo‘lib o‘tgan Turkiy davlatlar o‘rtasidagi II savdo-investitsiyaviy hamkorlik ko‘rgazmasi va forumida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari N.Shotursunova boshchiligidagi ayol tadbirkorlar delegatsiyasi faol ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda SSP matbuot xizmati.

Forum doirasida akademik, investitsiya–startap va media sessiyalar tashkil etildi. Ularda tarixiy-madaniy aloqalar, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish va Turk dunyosida axborot siyosatini shakllantirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, tadbir doirasida “Turkiy dunyo ishbilarmon ayollari sammiti”mavzusidagi mahsum panel sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada ishtirokchilar turkiy ayollarning iqtisodiyotdagi o‘rni, innovatsion tashabbuslar va startaplardagi ishtiroki, taʼlim va madaniyat orqali integratsiya jarayonlari, shuningdek, biznesdagi imkoniyatlar va mavjud to‘siqlar haqida atroflicha fikr almashdilar.

2024-yil yakunlari bo‘yicha O‘zbekistonning Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo mamlakatlar bilan tovar ayirboshinalari hajmi 8,3 milliard AQSH dollariga yetdi, shundan 3,1 milliard dollari eksport, 4,9 milliard dollari esa import ulushiga to‘g‘ri keladi.