O‘zbekiston elchixonasi Dubaydagi Bosh konsulligi bilan birgalikda Yevroosiyo ko‘rfazi biznes platformasi bilan hamkorlikda mamlakatimizning sarmoyaviy salohiyati va eksport imkoniyatlariga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi muxbiri.
Tadbirda BAAning 30 dan ortiq kompaniyalari vakillari ishtirok etib, O‘zbekistondagi investitsiyaviy muhit, mamlakatimizning eksport imkoniyatlari, qishloq xo‘jaligi, yengil sanoat va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari salohiyati, tadbirkorlik faoliyatini takomillashtirish, ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish va uning ustuvor yo‘nalishlari borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
Tomonlar logistika xizmatlarini ko‘rsatish, BAAga yoqilg‘i mahsulotlarini import qilish, hamkorlikda universitetlarni ochish tartibi, bino va inshootlarni xususiylashtirish jarayoniga tadbirkorlarni jalb qilish, O‘zbekistonga sayyohlar oqimini ko‘paytirish va boshqa masalalarni muhokama qildi.
Uchrashuv yakunlari boʻyicha BAA ishbilarmonlarining Oʻzbekistonga tashriflarini tashkil etish boʻyicha kelishuvga erishildi.