25 mart 2025

Eronda Oʻzbekiston viloyatlari va Fors viloyati oʻrtasidagi iqtisodiy hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

O‘zbekiston elchisi Fariddin Nasriev Eronning Fors viloyati Savdo-sanoat, tog‘-kon va qishloq xo‘jaligi palatasi raisi Muhammad Sodiq Hamidian Jahromiy bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi muxbiri.

Uchrashuvda savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va turizm sohalarida mintaqalararo hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Eron tomoni O‘zbekistonning zamonaviy taraqqiyoti, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni yuksak baholadi. Muhammad Sodiq Hamidian Jahromiy yaqin orada biznes delegatsiyasi tarkibida mamlakatimizga tashrif buyurishni rejalashtirayotganini aytdi.

Tomonlar ikki davlat rahbarlarining uchrashuvlarida o‘zaro savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladilar.