09 sentabr 2024

Xitoyning Guanchjou shahrida ‘‘O‘zbekiston bilan biznes’’ mavzuida tadbirkorlar forumi bo‘lib o‘tdi

Mamlakatimizning Guanchjou shahridagi Bosh konsulligi tomonidan Xitoyning Guandun provinsiyasidagi 90 ga yaqin kompaniya vakillari ishtirokida ‘‘O‘zbekiston bilan biznes’’ mavzusida biznes-forum tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi muxbiri.

Tadbirda NOVA “International Platform ‘‘Belt and Road” assotsiatsiyasi asoschisi va raisi Yu Ting Xitoy kompaniyalari rahbarlariga so‘nggi 6-7 yil ichida O‘zbekiston dunyoga ochilgani, mamlakatimizda biznes, jumladan, xorijiy tadbirkorlar bilan hamkorlikda muvaffaqiyatli rivojlanayotganini ta’kidladi.

Ishtirokchilarga O‘zbekistondagi biznes, investitsiya va sayyohlik imkoniyatlari taqdimoti taqdim etildi. Xitoylik ishbilarmonlarni qiziqtirgan barcha savollarga javob berildi.

Biznes-forum yakunlari boʻyicha hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va qoʻshma sarmoyaviy loyihalarni ishlab chiqish maqsadida 22-29-sentabr kunlari Guangdong provinsiyasidan Samarqand va Qashqadaryo viloyatlariga biznes missiyasini tashkil etish boʻyicha kelishuvga erishildi.