25 iyul 2025

Tashqi ishlar vazirligida Gruziya elchisi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

18-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmanov Gruziyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi David Kotaria bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.

Uchrashuvda yuqori darajada erishilgan kelishuvlarning ijrosi hamda joriy yilga mo‘ljallangan qo‘shma tadbirlar rejasi muhokama qilindi.

Shuningdek, savdo-iqtisodiy, transport-logistika va madaniy-gumanitar sohalardagi loyihalarning amaliy ijrosiga ko‘maklashish maqsadida yaqin hamkorlikni davom ettirish muhimligi alohida ta’kidlandi.