08 fevral 2023

Tashqi ishlar vazirligida Qatar Elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2023-yil 7-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Furqat Sidiqov Qatar Davlatining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Hasan Hamza Hoshimni qabul qildi, deb xabar beradi TIV matbuot xizmati.

Suhbat chogʻida Oʻzbekiston-Qatar munosabatlarining holati va uni yanada rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari muhokama qilindi.

Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy, shuningdek, turizm sohasidagi hamkorlik salohiyatidan samarali foydalanish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Tomonlar oliy va yuqori darajadagi boʻlajak qoʻshma tadbirlar jadvali va kun tartibi yuzasidan fikr almashdilar.