2024-yil 28-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev O‘mon Sultonligining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Vafo Jabr Nosir al-Busaydiy bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.
Muloqot chog‘ida tomonlar tashqi ishlar vaziri boshchiligidagi O’zbekiston delegatsiyasining joriy yil 26-27 iyun kunlari O‘monga tashrifi samarali yakunlarini mamnuniyat bilan qayd etdilar.
Savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda hamkorlik qilish uchun mavjud salohiyatdan samarali foydalanish muhimligi qayd etildi.