2025-yilning 27-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari B.Usmonov Koreya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Von Do Yon bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda TIV matbuot xizmati.
Muzokaralar mobaynida ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalardagi hamkorlikning bugungi holati va uni yanada kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.
Joriy yil uchun rejalashtirilgan qo‘shma tadbirlar jadvali yuzasidan fikr almashildi.