04 mart 2025

Tashqi ishlar vazirligida Xalqaro suv xo‘jaligi institutining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

3-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Baxromjon A’loyev Suv resurslarini boshqarish xalqaro institutining (IWMI) O‘zbekistondagi vakili, doktor Barbara Yanush-Pavletta bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.

Uchrashuvda tomonlar hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini, jumladan, suv resurslarini samarali boshqarish, suv sifatini yaxshilash va qishloq xo‘jaligiga innovatsion texnologiyalarni joriy etish sohasidagi loyihalarni birgalikda amalga oshirishni muhokama qildilar.

O‘zbekiston ilmiy va ta’lim muassasalari hamda “IWMI” o‘rtasida bilim va tajriba almashishga alohida e’tibor qaratildi.