08 noyabr 2024

Tashqi ishlar vazirligida Lyuksemburg Elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2024-yil 7-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Lyuksemburgning mamlakatimizdagi birinchi Elchisi etib tayinlangan Tom Rayzenni qabul qildi, deb xabar qilmoqda TIV matbuot xizmati.

Mamlakatlarimiz oʻrtasidagi hamkorlikning yangi imkoniyatlarini oʻrganish va hayotga tatbiq etish uchun Tashqi ishlar vazirliklari birgalikda sa’y-harakatlarni kuchaytirishi lozimligi ta’kidlandi.

Uchrashuv kun tartibidan ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirish, savdo koʻlamini oshirish uchun barcha sharoitlarni yaratish, ikki tomonlama munosabatlarning huquqiy asoslarini takomillashtirish va boshqa masalalar o‘rin oldi.

Vazir Elchiga yurtimizdagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.