23 may 2023

Tashqi ishlar vazirligida Shveytsariya elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2023-yil 23-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov Shveysariya Konfederatsiyasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Konstantin Obolenskiyni qabul qildi, deb xabar beradi TIV matbuot xizmati.

Tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar. Rejalashtirilgan qoʻshma tadbirlarni oʻtkazish, oʻzaro tashriflar tashkil etish yuzasidan fikr almashildi.

Ikki tomonlama munosabatlarning shartnomaviy-huquqiy bazasini kengaytirish va mustahkamlash, O‘zbekiston-Shveysariya fan va taʼlim muassasalari oʻrtasida sheriklik munosabatlarini yoʻlga qoʻyish boʻyicha takliflar koʻrib chiqildi.