2022-yilning 6-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Furqat Sidiqov Rossiya Federatsiyasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Oleg Malginov bilan uchrashdi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi hukumat rahbarlari darajasidagi Qo‘shma komissiyaning 3-majlisi, shuningdek, 1-2 dekabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Rossiya biznes-forumi muvaffaqiyatli o‘tgani ta’kidlandi.
Ikki tomonlama kelishuvlar va iqtisodiy xarakterdagi loyihalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirishni ta’minlash maqsadida doimiy aloqalarni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.